Inson qancha ko‘p qovurilgan tuxum iste’mol qilsa, yurak-qon tomir kasalligi va erta o‘lim xavfi shuncha yuqori bo‘ladi. Bu haqda “Vesti” xabar berdi.
Tarkibida xolesterin miqdori ko‘p bo‘lgani sabab uning foydali yoki zararli ekani doimiy bahsga aylanib kelgan. Masalan, bir kunda bitta tuxum yeyish ikkinchi tur diabetning xavfini kamaytiradi. Boshqa mutaxassislarning bildirishicha, qovurilgan tuxum organizm uchun zararli. Yangi o‘tkazilgan tadqiqot ham qovurilgan tuxumning zararli tomonlarini ko‘rsatib bergan.
Ilmiy eksperimentda 30 ming kishi ishtirok etgan, o‘rtacha kuzatish davri 17 yilni tashkil qilgan. Uning ko‘rsatishicha, kundalik ratsiondagi qo‘shimcha har 300 milligramm xolesterin yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 17 foizga, erta o‘lim xavfini esa — 18 foizga oshiradi.
Izoh (0)