• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jurnalist Toshkentdagi Oloy bozorining nomini “Gullar bozori” deb o‘zgartirishni taklif qildi, boshqa jurnalist esa bozorni tinch qo‘yishga chaqirdi

    O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) saytida jurnalist Suhrob Avvalboyevning “‘Oloy’ — bulg‘atuvchi ekan. Bozorning nomini o‘zgartirish taklif qilinmoqda” nomli maqolasi e’lon qilindi. Unda ta’kidlanishicha, bozorning hozirgi nomi “xalqimiz va tilimizni tahqirlash”, “o‘zbek tilining boyligi va jozibadorligiga nisbatan bepisandlik”dir.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Jurnalist Avvalboyevning yozishicha, Alisher Navoiyning asarlarida uchraydigan “oloy” so‘zi asli turkiy so‘z bo‘lib, “bulg‘atuvchi” degan ma’noni anglatadi. “Xalqimiz nutqida uchraydigan may oloy (ya’ni may yuqqan) va chehra oloy (ya’ni qallob) kabi iboralar bunga isbot bo‘la oladi. Endi bir o‘ylab ko‘ring, poytaxtimizdagi nufuzli bozorni nahotki shunday nom bilan atash mumkin bo‘lsa?”, — deb yozadi muallif.

    Bozor tarixini o‘rganish jarayonida jurnalist bozor saytida shunday ma’lumotga duch kelgan: “1930-yillarda Toshkentning Qashqar mahallasida asosan rus millatiga mansub aholi yashagan bo‘lib, ular uyda yetishtirilgan aloe tuvak ko‘chatlarini olib chiqib, bo‘sh maydonda savdo qilgan. Asta-sekin maydonda savdo qiluvchilar soni ko‘payib ketgan. Mahalliy boshqaruv organlar tomonidan shu yerga bozor qurish to‘g‘risida qaror chiqarilib, nomi ‘Oloy bozori’ deb atalgan”.

    “Ko‘rib turganingizdek, ‘aloe’ va ‘oloy’ so‘zlari yozilish jihatidan ham, o‘qilish jihatidan bir-biriga aslo o‘xshamaydi. Lekini bor. Bu xalqimiz va tilimizni tahqirlash emasmi? O‘zbek tilining boyligi va jozibadorligiga nisbatan bepisandlik emasmi?.. Agar yoshlar “oloy” so‘zining qanday ma’no anglatishini bilishmasa, bozor haqidagi umumiy tushuncha bilan kifoyalanib yuraverishadi... Bunga chek qo‘yish vaqti kelmadimikin? Allaqachon kelgan! Shu bois, Toshkent shahridagi mashhur guzar nomini o‘zgartirishni taklif qilaman. O‘zbek tilining maftunkorligini inobatga olib, ‘oloy’ni nozu-ne’matlar, yemak-ichmaklar ma’nosini bildiruvchi ‘Olo’’ so‘ziga yoki o‘tmishda bu yerda gullar savdosi amalga oshirilgani sababli ‘Gullar bozori’ga aylantirish o‘rinli bo‘lardi, nazarimda”, — deb yozadi jurnalist Avvalboyev.
    Ko‘p o‘tmay O‘zA saytida boshqa bir jurnalist — Sharofiddin To‘laganovning “Bozorni tinch qo‘yaylik, dunyoqarashni o‘zgartiraylik” sarlavhali maqolasi chiqdi. Unda ta’kidlanishicha, Oloy bozorining nomi aloe o‘simligi bilan emas, balki o‘z vaqtida Qurbonjon dodxoh boshchilik qilgan Oloy viloyati (hozirgi Qirg‘iziston hududi) bilan bog‘liq.

    “Shunday ekan, ‘Oloy bozori’ni tinch qo‘yish kerak. Chunki nom o‘zgargani bilan xalq tilida ‘Oloy bozori’ligicha qolaveradi. Xalq ongiga singib ketgan nomlarni bitta taklif bilan o‘zgartirib bo‘lmasligini yoddan chiqarish kerak emas”, — deb yozadi jurnalist To‘laganov.

    16.03.2019, 23:34   Izoh (0)   41277
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sarvar Otamurodov: “Xulqi og‘ir bolalar uchun mo‘ljallangan maktablarda homilador qizlar bor”

    16.03.2019, 23:13

    “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Madaniyat vazirligini keskin tanqid qildi

    16.03.2019, 22:12

    Chinozdagi xonadondan 49 yoshli fuqaroning o‘ligi topildi

    16.03.2019, 21:53

    Foto: Ichki ishlar organlari xodimlarining yangi namunadagi formalari

    16.03.2019, 21:32

    Andijonda xonaga yig‘ilib qolgan gaz portladi, ikki kishi kasalxonaga yotqizildi

    16.03.2019, 20:52

    Samarqandda 3 qizni urib yuborib, ulardan birining o‘limiga sababchi bo‘lgan Lacetti haydovchisiga sud hukmi o‘qildi

    16.03.2019, 20:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.