Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlari xodimlarining yangi namunadagi xizmat liboslarida ishlayotgani aks etgan suratlar tarqaldi.
Suratlarning birida YPX xodimi tajriba tariqasida yangi formada xizmat olib borayotganini ko‘rish mumkin. Uning libosi Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarnikiga o‘xshab ketadi.
Yana bir suratda esa palto va kostyum kiygan, bosh kiyimi ham amaldagi formanikidan farqli xodimlarni ko‘rish mumkin. Liboslarning rangi yashil emas.
Avvalroq Toshkent shahar IIBB boshlig‘i — ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Rustam Jo‘rayev yaqin vaqt ichida ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat liboslari o‘zgarishini ma’lum qilgandi.
“Yangi formalar har qanday rasmiy chiziqlardan xoli va qulay bo‘lishiga e’tibor qaratiladi. Chunki jamoatchilik orasida yuruvchi, operativ jarayonlarda ishtirok etuvchi ichki ishlar xodimi chaqqon bo‘lishi lozim”, — degandi u.
Izoh (0)