GM Uzbekistan va “SariarkaAvtoProm” MChJ (Qozog‘iston) mahsulotni rivojlantirish bo‘yicha bitim imzoladi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.
Bitim Toshkentda bo‘lib o‘tgan birinchi iqtisodiy forum doirasida imzolangan.
Tomonlar 2019-yilning oxirigacha eksport bozori uchun 16 ming avtomobil ishlab chiqarishga kelishgan. Mashinalar keyinchalik Qozog‘iston va Rossiya bozorlariga ham chiqariladi.
Bundan tashqari, avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘shma korxona tashkil etish, mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish, shu jumladan avtomobil komponentlari bazasini rivojlantirish, yangi raqobatbardosh modellar bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish, mahsulot sifatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni muhokama qilgan.
Izoh (0)