O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi №PQ-4240-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining Hududlar moliyasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Tursunov Yorqin Ergashevich tayinlandi. Bu haqda Moliya vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Moliya vazirligi

Yorqin Tursunov 1965-yilda Samarqand viloyating Xatirchi tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 1990-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini bakalavrini tamomlagan. Mutaxassisligi moliyachi.

Mehnat faoliyatini 1990-yilda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri hokimiyati moliya bo‘limi aholini ijtimoiy himoyalashni moliyalashtirish bo‘yicha nazoratchi inspektori, budjet inspeksiyasi I toifali iqtisodchisi lavozimidan boshlagan.

1993—2002-yillarda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri hokimiyati moliya bo‘limi mudiri o‘rinbosari – budjet inspeksiyasi boshlig‘i, keyinchalik bo‘lim mudiri.

2002—2006-yillarda Navoiy viloyati hokimiyati moliya boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

2006—2012 va 2016—2018-yillarda Moliya vaziri o‘rinbosari.

2012—2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Ijtimoiy va moliyaviy ta’minot xizmati boshlig‘i.

Hozirgi kunga qadar Yorqin Tursunov O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan.