Keniyaning Savo milliy bog‘idagi savannada 60 yildan ortiq vaqt davomida F_MU1 nomi bilan mashhur bo‘lgan fil halok bo‘ldi, deb yozadi BBC.
U Afrikadagi tishlarining uzunligi yergacha yetib boruvchi eng oxirgi fillardan biri edi.
Britaniyalik suratkash Uill Berrard-Lukas fil vafot etgunga qadar uni bir necha marta suratga olgan.
“Agar fillarning o‘z malikasi bo‘lganida, aynan shu fil bu nomga loyiq bo‘lar edi”, — deydi suratkash.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda Afrikada bunday fillar 30 tadan kam qolgan.
Izoh (0)