Rossiyalik taniqli xonandalar Filipp Kirkorov va Nikolay Baskov Humo Arena muz saroyi ochilish marosimida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga yetib keldi. Bu haqda xonandalar o‘zlarining ijitimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.

Foto: Sputnik

Qayd etilishicha, xonandalar aeroportdan limuzinga o‘tirib, mehmonxonaga yo‘l olgan. Filipp Kirkorov Toshkentda ularni shohona kutib olishganini aytib, o‘ziga ham shunday avtomobil sotib olishni xohlashini aytib o‘tgan.