Rejissor Jahongir Ahmedov yetti oyda “Bibixonim” tarixiy ssenariysini yozib tugatganini ma’lum qildi. Bu haqda rejissor Instagram’dagi sahifasida yozib qoldirgan.
‘Bibixonim’ tarixiy filmi ssenariysi bitdi. Yetti oylik mehnat, manbalar bilan ishlash, tarixiy materiallar bilan tanishish nihoyat ilk samarisini berdi. Ammo shuni tan olishim kerakki, hujjatlar va manbalar, bu — badiiylik emas. Badiiy film ssenariysi yozilayotganda, albatta, badiiylikka e’tibor qaratiladi va shunday bo‘lishi ham kerak. Shu bilan birga, har qanday badiiyat tomoshabinni tarixiy haqiqatdan chalg‘itmasligi lozim. Bosh maqsadimiz ham shu. ‘Bu eng oxirgi variant’, deyishga shoshilmayman, albatta. Chunki ijodiy jarayonda hali ko‘p narsa o‘zgarishi, aniqlik kiritilishi va to‘g‘rilanishi tabiiy.Jahongir Ahmedov, rejissor
Izoh (0)