Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Xorazmda Q.S. “Odnoklassniki.ru” ijtimoiy tarmog‘ida o‘zining nomiga ochilgan profilga “Adolat izlab”, “Adolat qachon?” deb nomlangan video ma’lumotlarni joylashtirdi. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudining raisi Maqsudbek Qilichev ma’lum qildi.

Foto: “Odnoklassniki.ru”

Foto: “Odnoklassniki.ru”

Unda go‘yoki tuman hokimi davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan til biriktirib, uni va akasi E.S.ni aybsiz bo‘lsalar-da, ularga nisbatan noqonuniy dalillar to‘platib qamatib yuborgani, fermer xo‘jaligi yer maydonlarini noqonuniy tortib olib, pora evaziga boshqa bir fuqaroga berib yuborgani aytilgan. Uning so‘zlariga qaraganda, tuman hokimi 15- 20 gektar yerni 5-10 ming AQSh dollaridan sotib yuborgan. Bu gaplar bilan u tuman hokimini juda ko‘p miqdorda pora olganlikda ayblab, sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatib, qasddan tuhmat qilgan.

Q,S. bu qilmishi bilan cheklanib qolmay, firibgarlik bilan ham shug‘ullanib, ikkita odamning ish haqini bermay kelgan.

— Q.S. tomonidan amalga oshirilgan ishlar, videomateriallarda tilga olingan holatlar tegishli tartibda o‘rganib chiqildi, – deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tumani sudi raisi Maqsudbek Qilichev. — Bu fuqaro aytgan gapi, keltirgan faktlarini dalillar bilan isbot qilib bera olmadi. Q.S. qilgan tuhmati va firibgarligi uchun 1 yilu 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Samarqandda hokimga murojaat qilgan fuqaro hibsga olingani ma’lum qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov