Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Muqaddam firibgarlik jinoyati bilan sudlanib, jazo o‘tagan ayol S.Ismiyaminova (ism sharifi o‘zgartirilgan) yana firibgarlik jinoyatiga qo‘l urdi. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi sudyasi Maqsud Raimov xabar berdi.

“Bu safar u o‘z jinoyatini maktablardan boshladi. Ya’ni aldash yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, Mirzacho‘l tumanidagi bir nechta maktablarga borib, maktabda o‘qiyotgan o‘quvchilar uchun bir xildagi maktab liboslari tikib berishini vada qilib, aslida o‘zining tikuvchilik fabrikasi va qo‘lida tikuvchilari bo‘lmasa-da tikuvchilik fabrikasi borligini, fabrikasida 150 nafar tikuvchi ishlashligini aytib, Mirzacho‘l tumani ‘Toshkent’ QFYdagi 13-sonli, ‘G‘alaba’ MFYdagi 10-sonli, ‘Mustaqillik’ MFYdagi 1-sonli maktablarda tahsil olayotgan o‘quvchilarni ota-onalarining ishonchiga kirib, ulardan jami 12 000 000 so‘m pullarini qo‘lga kiritib, ushbu pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojiga ishlatib yuborgan”— deyiladi xabarda.

O‘zining yuqoridagi qilmishlari bilan S.Ismiyaminova O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “b” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni qasddan sodir qilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi tomonidan S.Ismiyaminova O‘zbekiston Respublikasi JK 168-moddasining 3-qismi “b” bandi bilan abdor deb topilib, har oylik ish haqqining 30 foizini davlat daromadiga ushlab qolish yo‘li bilan 2 yil 6 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda MDHga a’zo davlatlar rahbarlari norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi (foto)
Kino
Vaqtingizga achinmaysiz: So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi multfilmlari (video)
Dunyo
Putin va harbiylar o‘rtasidagi yopiq uchrashuvdan so‘ng, Rossiya davlat matbuotiga urushdagi muvaffaqiyatsizliklar haqida yozishga ruxsat berildi