Meksikaning Salamanka shahrida bir guruh qurollangan kishilar tungi klubda otishma uyushtirdi. Natijada 14 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RBC xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, hujum erta tongda bo‘lib o‘tgan.
Qurollangan jinoyatchilar kapyushonli kiyimlarda tungi klubga kirgan. U yerda yigirmaga yaqin kishi bo‘lgan.
Halok bo‘lganlardan tashqari yana besh kishi jarohat olgan.
Politsiya voqea joyiga tezda yetib kelgan, lekin hujum qilganlar avtomobilga yashiringan.
Izoh (0)