10-mart, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 30-turi doirasida yana 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan Muhammad Saloh yetakchiligidagi “Liverpul” jamoasi “Enfild” stadionida “Byornli” bilan bahsga kirishdi.
O‘yinning 6-daqiqasidayoq mehmon jamoa a’zosi Eshli Vestvud Alisson qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi (1:0). 19-daqiqaga kelib Roberto Firmino hisobni tenglashtirdi (1:1). Oradan 10 daqiqa o‘tib Sadio Mane “qizillar”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 67-daqiqada Firmino dublga erishdi (3:1). 90+1-daqiqada esa Ioxann Gudmundsson oradagi farqni qisqartirishga erishdi, biroq 2 daqiqa o‘tar-o‘tmas Mane zaxiradan maydonga tushgan Starrij uzatmasini golga aylantirdi va o‘yinga yakuniy nuqta qo‘ydi (4:2).
Shu tariqa Yurgen Klopp shogirdlari o‘z maydonida kechgan bahsda “Byornli” ustidan g‘alaba qozondi va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi (4:2).
Mauritsio Sarri boshqaruvidagi Londonning “Chelsi” klubi o‘z maydonida “Vulverhempton” bilan o‘ynadi.
Bellashuvning 56-daqiqasida Raul Himenes hisobni ochgan bo‘lsa, 90+2-daqiqaga kelib Eden Azar Villian uzatmasini golga aylantirdi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi (1:1).
APL
30-tur bahslari
10-mart, yakshanba
“Liverpul”—“Byornli” 4:2
Gollar: 0:1 — 6 Vestvud, 1:1 — 19 Firmino, 2:1 — 29 Mane, 3:1 — 67 Firmino, 3:2 — 90+1 Gudmundsson, 4:2 — 90+3 Mane.“Chelsi”—“Vulverhempton” 1:1
Gollar: 0:1 — 56 Himenes, 1:1 — 90+2 Azar.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)