Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

2019-yil 5-yanvardagi Prezidentning “Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi hamkorligida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar bermoqda.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Loyiha bilan yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun investorlarning xarajatlarini hamda tashkilotlarni taniqli mehmonxona brendlaridan foydalanish bo‘yicha franchayzing xarajatlarini qisman moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan mablag‘ ajratish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlanishi ko‘zda tutilgan.

Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun investorlarga subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing to‘g‘risidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan mablag‘ ajratish tartibi haqidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi elektron manzili orqali muhokamaga qo‘yildi. Fuqarolardan mazkur qaror loyihasining muhokamasida faol ishtirok etishlari so‘ralgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Toshkentda Xalqaro axborotdan erkin foydalanish kuniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda
Mahalliy
Qashqadaryoda 38 yoshli ayol va 19 yoshli qiz o‘zini poyezd tagiga tashlab, joniga qasd qildi. MFY raislaridan biri bu axborotni yashirib, “mahallaning siri” demoq...
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev transport sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda