Netflix Striming servisi Gabriel Garsiya Markesning “Yolg‘izlikning yuz yili” asarini sotib olib, uni ekranlashtirish huquqiga ega bo‘ldi, deb yozadi Meduza.

Foto: Google Images

Xabarda aytilishicha, ushbu kitob asosida ispan tilida serial suratga olinib, Markesning o‘g‘illari uning ijodiy prodyusserlari bo‘ladi.

Netflix loyiha haqida boshqa hech qandan ma’lumotlarni oshkor qilmagan.

Gabriel Garsiya Markesning “Yolg‘izlikning yuz yili” romani 1967-yilda chop etilgan va shu vaqtgacha biror marta ekranlashtirilmagan.