Yaponiyaning Aichi san’at universiteti professori Kodji Shibadzaki boshchiligidagi delegatsiya Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik dizayn institutida bo‘ldi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad qadimiy o‘zbek qog‘ozi tarixi va ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bog‘liq tadqiqotni amalga oshirishdan iborat.
Professor Kodji Shibadzaki O‘zbekistonda saqlanayotgan qadimiy qog‘ozlarning tarkibini Yaponiyaning eng zamonaviy elektron mikroskoplarida va boshqa ilmiy texnologik asboblar yordamida tahlil qilish, tarkibini o‘rganish, uning xitoy qadimiy qog‘ozlaridan farqli xususiyatlari va tayyorlash texnologiyalarini tadqiq etish loyihasini taklif etmoqda.
Izoh (0)