Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmurodov 5-mart kuni Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasi tashrifi yakunlariga bag‘ishlangan brifingda 2019-yilda MB rejalari to‘g‘risida ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Uning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy bank XVJ missiyasida xavotirlarni keltirib chiqarayotgan xavflarni bartaraf etish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqmoqda.

“Valyuta bozorini yanada liberallashtirish bo‘yicha ishlar boshlangan. Bu yerda biz, birinchi navbatda, ichki bozorda ishlayotgan tadbirkorlik subyektlarining tashqi faoliyati bilan bog‘liq cheklovlarni olib tashlashni rejalashtirmoqdamiz. 2019 yilda [valyuta bozorini] tartibga solishga to‘sqinlik qilayotgan barcha elementlarni, hatto eng kichiklarini ham qayta ko‘rib chiqamiz. Biz bu cheklovlarni 2019 yilda olib tashlashni eng asosiy vazifa etib belgiladik. Markaziy bank banklar va mijozlar o‘rtasidagi aloqalarni soddalashtirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi. Boshqacha aytganda, biz tadbirkorlik subyektlari va aholida vujudga kelayotgan valyuta bozoridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha choralarni amalga oshiramiz”, — dedi Mamarizo Nurmurodov.

MB chet el sarmoyalarini kengaytirish, ichki bozorda narxlarni barqarorlashtirish uchun valyuta bozori va pul-kredit siyosatidagi intervensiya strategiyasini takomillashtirish tizimini ham yaratishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, Markaziy bank Moliya vazirligi bilan birga moliya sektorini isloh qilish bo‘yicha o‘rta muddatli konsepsiyani ishlab chiqadi. U uch bandni o‘z ichiga oladi: moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, bank sektoriga xususiy kapitalning kirib kelishi uchun sharoitlar yaratish va bank tizimi orqali iqtisodiyotga pul-kredit siyosati instrumentlarining ta’sirini kuchaytirish.

Banklarni xususiylashtirish masalasida, yaqin kunlarda bank sektoriga xususiy kapitalni jalb qilish bo‘yicha hukumat qarori chiqadi, deya xabar qildi Markaziy bank rahbari.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova