Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Britaniyaning Cable.co.uk tadqiqot kompaniyasi mobil internet arzonligi bo‘yicha dunyo mamlakatlari reytingini tuzdi, deb xabar berdi “Kommersant”.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Unga ko‘ra, eng arzon mobil internet Hindistonda ekanligi aniqlandi. Eng qimmati esa Afrika, Shimoliy Amerika va G‘arbiy Yevropa davlatlarida ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Cable.co.uk mutaxassislari 1 gigabayt mobil internetning dollardagi o‘rtacha qiymatini tahlil qilishdi va u yoki bu mamlakatdagi mobil internet tariflarning qimmat yoki arzonligi bo‘yicha dunyo xaritasini tuzishdi.

Tadqiqotchilar shu maqsadda Hindistondagi 57 ta, Ruandada 36 ta, Rossiyadagi 31 ta va hokazo tarif rejalarini o‘rganib chiqishlariga to‘g‘ri kelgan.

Reytingdan 230 ta davlat o‘rin olgan bo‘lib, birinchi pog‘onani Hindiston egallagan (1 gigabayt uchun o‘rtacha narx 0,26 dollar). Undan keyingi o‘rinlarni Qirg‘iziston (0,26 dollar), Qozog‘iston (0,49 dollar) va Ukraina (0,51 dollar) egallagan.

Cable.co.uk tahlilchilarining ta’kidlashicha, Osiyo mintaqasi mobil internet narxi arzonligi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Ushbu reytingning Top-20 taligiga kirgan aksariyat davlatlar Osiyoda joylashgan.

Bunda Afrikaning Ruanda (0,56 dollar, to‘rtinchi o‘rin), Sudan (0,68 dollar, beshinchi o‘rin) va Kongo Demokratik Respublikasi (0,88 dollar, o‘ninchi o‘rin) hamda Yevropaning Finlandiya (1,16 dollar, 14-o‘rin) va Monaka (1,21 dollar, 16-o‘rin) davlatlari istisno bo‘lgan xolos.

Reytingning eng so‘nggi 230-pog‘onasini Afrikaning Zimbabve davlati egallagan bo‘lib, unda 1 gigabayt mobil internetning o‘rtacha narxi 75,2 dollarni tashkil etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi