Professional boksning o‘ta og‘ir vazn (+90,7 kg) toifasi vakili o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov (4 ta g‘alaba, 4 ta nokaut) 15-mart kuni AQShda o‘zining beshinchi jangini kolumbiyalik Santander Silgadoga (28 ta g‘alaba, 6 ta mag‘lubiyat) qarshi o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar berdi.
Jang Kaliforniya shtatining Tyustin shahridagi Markoni avtomobillar muzeyi saroyida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir so‘nggi marta 2018-yilning 8-dekabr kuni Markus Valentinga qarshi ringga chiqib, raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)