Rossiya va Qozog‘istonning bir nechta banklari O‘zbekistonda o‘z filiallarini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Markaziy bank boshqaruv raisi Mamarizo Nurmuratovga tayanib, “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
“Bir yo‘la bir nechta xorijiy tijorat banklari o‘zbek bozorida ishlash istagini bildirdi. Sho‘ba bankni tashkil etishga daxldor ma’lum bir talablarimiz bor, ular mazkur talablarni bajarish ustida ishlamoqda. Batafsil to‘xtaladigan bo‘lsak, shu yerda sho‘ba bankini tashkil etish uchun ‘Xalik bank” samarali ish olib bormoqda”, — dedi u kuni kecha poytaxtda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Uning so‘zlariga qaraganda, Rossiya va Qozog‘istonning boshqa bir nechta banklari ham O‘zbekistonda o‘z filiallarini ochish istagini bildirgan.
U, shuningdek, bir qator moliyaviy institutlar ajratilayotgan kredit liniyalari orqali mahalliy banklar kapitallariga kirish istagida ekanligini ma’lum qildi.
Izoh (0)