• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezidentning sobiq maslahatchisi Mavlon Umurzoqov: Biz o‘z cho‘ntagimizni davlat, xalq cho‘ntagi bilan almashtirib qo‘ymoqdamiz. Sobiq Bosh prokuror Rashid Qodirov va uning gumashtalari shunday oddiy haqiqatni anglab yetmadi

    O‘zA Prezidentning sobiq maslahatchisi Mavlon Umurzoqovning xotiralari va bugungi kun bilan bog‘liq fikr-mulohazalarini e’lon qildi.

    Foto: “7news.uz”

    Foto: “7news.uz”

    — Biz hamon o‘z cho‘ntagimizni davlat, xalq cho‘ntagi bilan almashtirib qo‘ymoqdamiz. Cho‘ntakka tushgan o‘g‘irlik millat qalbiga ham tushgan o‘g‘irlikdir. Davlat va xalq mulkini ko‘z qorachig‘iday asrash o‘rniga o‘g‘irlikka o‘zlarini baxshida etgan sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov va uning gumashtalari shunday oddiy haqiqatni anglab yetmadi.

    O‘tgan asrning 90-yillari edi. Devonda ishlardim. O‘shanda kuch ishlatar tizimidagi bir xodimning o‘z oilasida o‘tkazgan “tadqiqot”ni eshitib hang-u mang bo‘lganman.

    “Bekorchilik kunim edi, – so‘z boshladi u, – o‘g‘lim bilan qizim juda yaqin edi. Ularni sinab ko‘rmoqchi bo‘lib, urishtirishga harakat qildim. Mehnatim zoye ketmadi, ikkalasi obdon janjallashdi. Nihoyat, o‘zim bu janjalga nuqta qo‘ydim, – dedi suhbatdoshim. Eshitib xafa bo‘ldim. Nahot, shunday lavozimda ishlagan rahbar xodim shunchalik pastkashlikka yuz tutsa? Demak, kimgadir yomonlik qilish usullari ularning xonadonlarida sinovdan o‘tkazilar ekan-da. Bu sinovlar natijasi boshqalarga qo‘llansa odamlarning taqdiri nima bo‘ladi?

    Rahbar kadrning eng muhim fazilatlaridan biri adolatparvarlik bo‘lib, u o‘z ishini, hukm va qarorini adolat asosiga qurmas ekan, uning hamma mehnati zoye ketishi mumkin. Chunki adolatsiz ish poydevorsiz imoratga o‘xshaydi! Kadrlar bilan ishlar borasida ko‘z ilg‘amas yana bir xavfli illat bor. Bu rahbar qulog‘iga “shipshish” odatidir. Bunday “mahorat”ni egallaganlar undan foydalanishni ham yaxshi biladi.

    Amaldor bor ekan, bunday “shipshish”lar ham bo‘lishi balki tabiiydir. Biroq, “shipshuvchi”lar aslida kimning do‘sti? Hayot shuni ko‘rsatadiki, odatda, “shipshi”gan zotlar doimo o‘z yo‘liga g‘ov bo‘layotgan yoki o‘z tor maqsadlariga xavf solayotgan kimsalar haqida “axborot” to‘playdi. Ular bunday ma’lumotlar to‘plashda oq-qorani ajratib o‘tirmaydi. Oshkor va halol yo‘lda zarba bera olmagan o‘z raqibini oyog‘idan chalsa bas. Ba’zan, ular raqibidan o‘ch olishning boshqa usullarini qo‘llashdan ham toyishmaydi. Rahbar qulog‘iga biri raqibi ustidan “luqma” tashlaydi, ikkinchisi uni tasdiqlab o‘tadi, uchinchisi esa “yollangan” odamni rahbar qabuliga kiritib yuboradi. Mana shunday usullar qo‘llanishi davomida ko‘plab sof vijdonli kishilar aybsiz aybdor bo‘lishi mumkin.

    Gdlyanchilar haqida ko‘p gapiramiz. Afsuski, o‘zimizda ham noinsof, berahm tergovchilar bor edi. Ular tergov uchun yangi “usul” qo‘lladi: fuqarolarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun, uylariga o‘q-dorilar yoki “qora dori” tashlashadi va “topgich xodimlar” esa ularni birpasda topishardi. Qarabsizki, umrida o‘q-dori, qora dorini yaqinidan o‘tmagan, bilmagan fuqaro qamoqdan joy oladi. Shu ma’noda ko‘p yillar turli vazifalarda faoliyat yuritgan, tarix fanlari nomzodi Ismoil Shodmonqulovning O‘zbekiston Oliy sudida bergan ko‘rgazmasi diqqatga molik. “Tongda uyimizga ichki ishlar xodimlaridan 12 kishi keldi va tintuv qila boshlashdi, besh daqiqa o‘tar-o‘tmas turmush o‘rtog‘imning (pedagogika instituti fakultet dekani) ichki kiyimlaridan dokaga o‘ralgan patronlar va qora dorilar topishdi.

    Ishlatilgan pichoq yaltirab ketganidek, o‘nlab, balki minglab odamlar taqdirini “hal etgan” bu patronlar qo‘ldan-qo‘lga o‘taverib yaltirab ko‘rinardi. Tergov paytidagi azoblarga esa chidab bo‘lmasdi, tergovchilarning yagona talabi — boshlig‘imga nisbatan ular xohlagan ko‘rgazmani yozib berishim kerak edi. Birgina men emas , juda ko‘p xodimlarga ham ana shunday azoblar berildi. Ular o‘z maqsadlariga erishish uchun bizlarga nisbatan qo‘llamagan usullari qolmadi”.

    Yana bir voqea hech yodimdan ko‘tarilmaydi. Beruniy tumanida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) yoqilg‘i quyish shoxobchasi xodimi ustidan jinoiy ish ochiladi, go‘yo u yoqilg‘ini noqonuniy tarzda sotayotgan ekan. Bu ishni yopish uchun tuman prokurori aybdordan o‘n ikki ming so‘m talab qilgan. Aybdorning qarindoshi va do‘sti bilan men o‘sha paytda bir joyda ishlar edik. Ular mening xonamga kirib bo‘lgan voqeani batafsil tushuntirib berishdi. Men bu haqda darhol O‘zbekiston Bosh prokuroriga aytdim.

    O‘sha paytda, bilmadim, qaysi rahnamo sabab, tuman prokurori Turkmanistonga qochib ketdi, ammo ma’lum muddat o‘tib Bosh prokuror Rashid Qodirov yordamida o‘sha kimsa Bosh prokurorning yordamchisi, odamlarning aytishicha, “cho‘ntagi”ga aylandi.

    Buzoqning yugurgani somonxonagacha — o‘shalarning hammasi nihoyat tumshuqlaridan ilindi.

    Bugun mamlakatning hamma sohalari Prezidentning e’tiborida, nazarida. U kishining ichki va tashqi siyosat bobida olib borayotgan faoliyati bir necha yo‘nalishda amalga oshirilmoqda.

    Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Yon atrofdagi qardosh davlatlar bilan munosabatlarimiz joyiga tushdi, iqtisodiy hamkorlik qayta tiklandi. Xalqlar Do‘stligi saroyi oldida Sharof Rashidov tashabbusi bilan Shomahmudovlar oilasi uchun o‘rnatilgan haykal olinib shahardan chiqishdagi GAI posti oldiga o‘rnatildi. Nega? Yetimlarga shaharda joy yo‘qmi, yetimning joyi shahar chetidami? Yoki Prezident tashabbusi bilan o‘tgan yili Toshkent shahridagi masjidlarning biriga shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining nomi berildi.

    Hech kimga sir emas, statistik ma’lumotlar bo‘yicha ishlab chiqarish sur’atlari qanchalik yuqori ko‘rsatilmasin , xalqning turmushi yomon ahvolda edi. Gazlashtirish, elektr energiyasi bilan ta’minlash, ayniqsa, qishloq joylarida, muammolar muammosi edi.

    Ko‘pgina kollejlar, litseylar xorijning qimmatbaho kompyuter uskunalari bilan jihozlangan. Biroq ular, aksariyat, ishlamasdi. Sabab bitta — elektr energiyaning yo‘qligi bo‘lgan. Ushbu hol go‘yo dala o‘rtasida yoqilg‘isiz to‘xtab qolgan traktorga o‘xshardi. Keyingi ikki yil davomida qishlog‘imizga gaz ham keldi, elektr chirog‘i yonib turibdi.

    Qurilishda yangi texnologiyalarni qo‘llash natijasida qirq besh kunda bir yangi qishloq paydo bo‘lsa! Xayolingizga ham keltira olmaysiz! Faqatgina “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi bo‘yicha 2018-yilda respublika bo‘yicha yuzlab qishloq tubdan yangi zamonaviy talablarga javob beradigan qiyofaga kirdi.

    Yangi rahbarning kelganiga ikki yil bo‘ldi. Ochig‘ini aytsak , mana shu muddat ichida qilingan ishlarni, o‘zgarishlarni ko‘rib dilingiz bahra oladi. Yuzlab sanoat korxonalari, sport inshootlari qad ko‘tarmoqda, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, maorif, oliy o‘quv yurtlarining yangi binolari bo‘y cho‘zmoqda. Mamlakatning eksport salohiyati ham o‘smoqda. Iqtisodiy baquvvat AQSH, Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Hindiston, Pokiston, Janubiy Koreya kabi yirik mamlakatlar eshiklari O‘zbekiston uchun yanada ochilmoqda. Har birimiz bunday ijobiy o‘zgarishlar, yutuqlardan faxrlanmog‘imiz zarur . Ulug‘ safarga chiqqan karvon a’zolari — har birimiz, sadoqat, e’tiqod, samimiyat, halollik kabi tuyg‘ularni qalbimizda chuqur his etib karvonboshi atrofida birlashmog‘imiz, yangi yutuqlarni quchish uchun shaxdam qadamlar bilan olg‘a yurmog‘imiz kerak.

    05.03.2019, 10:07   Izoh (0)   98233
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Moliya vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi

    05.03.2019, 10:06

    Samarqandda alkogol mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqargan shaxslar qo‘lga olindi

    05.03.2019, 10:00

    Bojxonada tadbirkorlar uchun “yashil” va “ko‘k” yo‘laklar to‘liq ishga tushdi

    05.03.2019, 09:44

    O‘zbekistonda eng ko‘p haq to‘lanadigan yo‘nalishlar ma’lum qilindi

    05.03.2019, 09:31

    DXX Namanganda Qirg‘izistondan salkam 1 mlrd so‘mlik tovarlarni noqonuniy olib kirishga uringan shaxsni qo‘lga oldi

    05.03.2019, 08:41

    Shavkat Mirziyoyevning Namanganga tashrifidan so‘ng viloyat prokurori ishdan olindi

    05.03.2019, 08:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatida pora evaziga 3 mln dollar kredit olib bermoqchi bo‘lganlar qamoqqa olindi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 10:00

    AQSH Ukrainaga va’da qilingan raketa va o‘q-dorilarni yetkazib berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 2 iyul, 09:53

    “Kalmar o‘yini” muallifi serialdagi yovuz qahramonlarni Ilon Mask bilan solishtirdi

    Kino | 2 iyul, 09:42

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real” va “Borussiya D” chorak finalga yo‘l oldi (video)

    Sport | 2 iyul, 09:34

    Air China O‘zbekistonga aviaqatnovlarni amalga oshirishga ruxsatnoma oldi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 09:32

    Noutbukni doimiy zaryadga ulagan holda ishlatish mumkinmi?

    Maslahatlar | 2 iyul, 09:19
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.