2019-yilning 5-martidan O‘zbekiston Respublikasidan Rossiyaga kelayotgan yo‘lovchilarga qo‘l yuki va bagajida umumiy vazni 5 kilogrammgacha bo‘lgan ho‘l va quruq mevalar, sabzavotlar va yong‘oqlar olib kirishga ruxsat berildi. Bu haqda Rossiya Veterinar va fitosanitar nazorat federal xizmati xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Boshqarmaning aniqlik kiritishicha, taqiq ikki mamlakatning fitosanitar xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha birgalikdagi ishlari natijasida olib tashlangan.
Ushbu ruxsat O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat xizmati kafolati asosida berilganligi ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)