Rossiya prezidenti Vladimir Putin SSSR va AQShning o‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yo‘q qilish shartnomasidan chiqish haqidagi farmonga imzo chekdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Rossiyaning ushbu shartnomasidagi ishtiroki “AQSh mazkur shartnoma bo‘yicha buzilgan majburiyatlarini tuzatgunicha” to‘xtatilgan. Farmon imzolangan kundan boshlab kuchga kirgan.
SSSR va AQSh 1987-yilda o‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni likvidatsiyalash to‘g‘risidagi shartnomani imzolab, to‘rt yil davomida o‘z majburiyatlarini bajargan. 2018-yilda AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyani o‘z parametrlarini buzganlikda ayblab, ushbu kelishuvdan chiqish niyatini e’lon qilgan. Rossiya ham shartnomani rad etishga qaror qilgan.
Izoh (0)