Madridning “Real” klubi “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Diario Gol xabar berdi.
“Qirollik klubi” 26 yoshli misrlik futbolchi uchun jamoa yarim himoyachisi Iskoga qo‘shib 50 million yevroni “Liverpul”ga berishga tayyor.
26 yoshli Isko “Real” bosh murabbiyi Santyago Solari bilan kelisha olmayapti. Transfermarkt ispaniyalik o‘yinchini 60 million, Salohni esa 150 million yevroga baholamoqda.
Joriy mavsum Saloh mersisaydliklar tarkibida 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 7 ta golga uzatma berdi. Isko Madrid klubi uchun 26 ta bellashuvda maydonga tushdi va 4 ta gol urdi hamda 2 ta golga assistentlik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)