Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt jamoat transporti bilan bog‘liq navbatdagi mojaro aks etgan videoga munosabat bildirdi. Unda 51-avtobus yo‘nalishida haydovchi va chiptachining keksa ayolga qo‘pol muomalada bo‘lib, avtobusdan tushirib yuborgani aks etgan.

Foto: “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati

Foto: “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati

Voqea jamoatchilik o‘rtasida munozaralarga sabab bo‘ldi, holat yuzasidan shoshilinch tarzda komissiya tuzilib, o‘rganildi. Haydovchi va chiptachidan voqea yuzasidan tushuntirish xati olindi.

Haydovchi va chiptachi kasb odobiga rioya etmagani, muomala madaniyatini buzganligi, yo‘lovchiga qo‘pol muomalada bo‘lgani uchun to‘la aybdor. Ularga nisbatan ichki tartibdan kelib chiqib intizomiy jazo belgilandi. Haydovchi va chiptachiga nisbatan hayfsan e’lon qilindi.

“Biroq haydovchi va chiptachining so‘zlariga ko‘ra, keksa ayol o‘zi aytganidek birinchi marta emas, balki bir necha marta avtobusda bepul yurgan. Ayol tekinga avtobusdan foydalanishi huquqi borligini aytgan. Ammo bunga hech qanday asos mavjud emas. Shu bois haydovchi va chiptachi uni avtobusdan tushirib yuborgan”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda tadbirkorlar himoyasi yanada kuchaytiriladi 
Dunyo
Ukraina mudofaa vaziri G‘arbning uzoq masofali raketalari bilan Rossiya hududini o‘qqa tutmaslikka kafolat berdi
Mahalliy
“Muhojirlik boshingizga tushmas ekan, Vatan nimaligini bilolmaysiz” — Navbahor Imomova Amerikadagi diasporalar haqida gapirdi