Kaliforniyada qizining o‘limida ayblanayotgan ona politsiya kelgan vaqtda ikkinchi qavatdan o‘g‘lini tashlab yuborgan, ortidan esa o‘zi sakragan, deya xabar beradi “ForumDaily”.
Ona va bir yoshar bola kasalxonaga yotqizilgan, ularning ahvoli barqaror.
Politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, ayolning qo‘shnisi 911 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, qo‘shni xonadonda bola qattiq yig‘layotgani haqida xabar bergan.
Politsiya ayolning uyini tekshirganida unda nafas olmayotgan yetti yoshar qizchani topgan. Xodimlar uning nafas olishini tiklashga muvaffaq bo‘lgan, lekin qizcha kasalxonada jon bergan.
Qizning o‘limi sababi ekspertizadan so‘ng aniq bo‘ladi. Qotillikda ona asosiy gumonlanuvchi bo‘lib turibdi.
Izoh (0)