“Al-Qoida” terrorchilik guruhining asoschisi Usama bin Ladinning o‘g‘li Hamza Afg‘oniston va Pokiston chegaralarida yoki Eronda yashirinayotgan bo‘lishi mumkin, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Hamza terrorchilarning yangi yetakchisi bo‘lishi mumkin... U Markaziy Osiyoning istalgan yerida bo‘lishi mumkin”, — deydi AQSh Davlat departamentining diplomatik xavfsizlik bo‘yicha byurosi rahbari Maykl Evanoff.
28-fevral kuni AQSh hukumati terrorizmga aloqadorlik uchun sanksiyalar ro‘yxatida bo‘lgan Hamza bin Ladin haqidagi ma’lumot uchun 1 million dollargacha pul mukofotini e’lon qilgan.
Evanoff 1984-yildan buyon amal qilayotgan “Adolat uchun mukofot” dasturi “terrorchilar bilan kurashda samarali vosita” bo‘lib kelayotganligini ta’kidlagan.
Izoh (0)