19-fevral kuni Qora dengizga kirgan Amerika raketa tashuvchisi “Donald Kuk” (DDG 75) Odessa shahriga keldi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Taxminan 1,6 ming kilometrlik masofaga harakatlanuvchi 56 ta “Tomagavk” raketalari joylashtirilgan amerika mina tashuvchisi Odessa dengiz vokzali yaqinida 27-fevralgacha qoladi.
Turk Mudofaa vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan hafta Amerika kemasi Turkiyaning Fatix fregati bilan Qora dengizda o‘quv mashqlarini bajargan.
“Ijis” anti-raketa mudofaa tizimi bilan jihozlangan “Donald Kuk” AQSh dengiz kuchlarining “Karni”, “Ross” va “Porter” esmineslari bilan birgalikda Yevropaning Ispaniya harbiy bazasiga joylashgan. Ushbu kemalar Polsha va Ruminiyada raketaga qarshi mudofaa tizimi dasturining ajralmas qismi bo‘lib, Yevropa fazoviy moslashtirilgan raketa mudofaa tizimini qurish uchun mo‘ljallangan.
“Donald Kuk”ning Qora dengizga kirganidan so‘ng rossiyalik harbiylar darhol Amerika mina tashuvchini kuzata boshlagan.
Izoh (0)