Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand viloyati IIB transportda JXT bo‘limiga Jomboy tumani Naymantepa mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi R.R. ariza bilan murojaat qilib, unda Samarqand shahar Cho‘ponota massivi 28-uyda yashovchi Sh.G‘. ismli shaxs, o‘z yashash uyida pul evaziga fuqarolarga jinsiy aloqa qilish uchun sharoit yaratib berayotganligini ma’lum qilgan hamda qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Foto: “Zamin.uz”

Foto: “Zamin.uz”

Samarqand viloyat hokimligi matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, ushbu murojaat asosida bo‘linma xodimlari tomonidan 2019-yil 16-fevral kuni o‘tkazilgan tadbir davomida Samarqand shahar Cho‘ponota massivi 28-uyda yashovchi, 1962-yilda tug‘ilgan Sh.G‘. ushbu manzilda joylashgan yashash uyida tadbirga jalb qilingan “R.R.” va “X.M.”larga jinsiy aloqa qilishlari uchun uyidan alohida xona ajratib berib, shart-sharoit yaratgani uchun 20 ming so‘m pul olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

2019-yil 23-fevral kuni Samarqand viloyati IIB transportda JXTB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan to‘plangan hujjatlar bo‘yicha jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan fuqaro Sh.G‘.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Fuqaro Sh.G‘. tilxat orqali ochiqda qoldirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda benzin narxlarini sun’iy oshirgan AYOQSHlarga tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilindi
Dunyo
Armanistonda 25 ming inson umriga zomin bo‘lgan zilzila, Yaponiyaning Perl-Harborga hujumi va Janubiy Koreya qamoqxonasida 40 yil o‘tirgan KXDR fuqarosi. Kun xrono...
Sport
JCH—2022 da barcha chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi