Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqandlik tajribali xattot Jamil Ergashev bundan uch yil oldin “Sadqai joriya”ga qo‘l urgan edi, deb yozadi “Xalq so‘zi Online”.

Foto: “Xalq so‘zi Online”

Foto: “Xalq so‘zi Online”

U Qur’oni Karimni Samarqand qog‘oziga yozishga kirishgan edi. Bugungi kunda qadar ushbu muqaddas kitobning 25 besh porasi bitib bo‘lindi. Hunarmand qolgan 5 porasini Mustaqillik bayramigacha yozib tugatishni niyat qilgan.

“Bugungi kunda butun dunyoda Qur’oni Karim nas’h xatida yoziladi. Biz hajman nisbatan katta va murakkab bo‘lgan suls xatida yozyapmiz. Sababi, Qur’oni Karim nusxasining kattaligi yurtimizda saqlanayotgan Usmon Mus’hafi bilan bir xil bo‘ladi. Uning bir sahifasini yozishga o‘rtacha 3-4 kun vaqt kerak bo‘lyapti”, —deydi xattot.

Ushbu Qur’oni Karimning yozib bo‘lingan qismi Buxoroda bo‘lib o‘tayotgan I Xalqaro ziyorat turizmi forumida nufuzli tadbir ishtirokchilari e’tiboriga havola etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi