Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Manchester Siti” hujumchisi Serxio Aguero Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining “Shalke-04”ga qarshi kechgan dastlabki uchrashuvda bitta golga mualliflik qildi (3:2).

Foto: Eurosport

Foto: Eurosport

Argentinalik futbolchi mazkur musobaqa tarixida 34 ta gol urdi va to‘purarlar bahsida yevropalik bo‘lmagan futbolchilar orasida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu haqda Gracenote Live xabar berdi.

Bu borada u Edinson Kavani bilan tenglashib oldi. Ulardan oldinda esa argentinalik futbolchi Lionel Messi va “Chelsi”ning sobiq hujumchisi Didye Drogba bor. Messi hisobida 106 ta, Drogbada esa 44 ta gol mavjud.

Bundan tashqari Aguero barcha musobaqalarni hisobga olganda so‘nggi 7 ta uchrashuvda 10 ta gol urdi. Shu bilan birga u ingliz klubi tarkibida ketma-ket mehmonda kechgan 7 ta o‘yinda gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“Barselona” MLS vakilini ro‘yxatdan o‘tkazishda 18 soniya kech qolgan 
Dunyo
Fransiyada poyezdda ketayotgan yigit o‘zini portlatib yuborish bilan tahdid qildi
Biznes
Xitoy, Koreya va Qozog‘iston: O‘zbekistonga eng ko‘p “inomarka”lar qayerdan olib kelingani ma’lum bo‘ldi