Yengil vazn toifasidagi UFC chempioni Habib Nurmagomedov Jorj Sen-Pyerdan u bilan kurashmasidan oldin MMA’ni tark etmasligini so‘radi.
“Kel, noyabr oyida jang tashkil etamiz. Shundan keyin faoliyatingni yakunlashing mumkin. Janglaringni ko‘rib ulg‘aydim va seni juda ham hurmat qilaman. Moskvada bo‘lgan vaqtingda buni senga ko‘rsatib berganimga ishonaman.
O‘z vaqtining eng buyuk jangchilaridan biri bilan oktagonga ko‘tarilish men uchun sharaf. Kel, yaxshisi yengil vaznda jang qilamiz yoki men vaznimni 5 funtga oshirishim va o‘rta vaznda jang qilishim mumkin (72,6 kg).
Sen vaznni 155 yoki 160 funt va joyni tanlashing mumkin: Monreal, Nyu-York, Moskva yoki Abu Dabi. Menga jang bo‘ladigan joy o‘rnini yubor, do‘stim”, — deb yozadi Habib o‘zining Instagram sahifasida.
Ma’lum bo‘lishicha, bugun Jorj Sen-Pyer matbuot anjumani o‘tkazadi, unda u faoliyatini tugatishini e’lon qiladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)