Toshkent davlat agrar universitetiga Belarus Mogilyov davlat oziq-ovqat universiteti rektori M.A.Kirkor rahbarligidagi Belarus universitetlarining vakillari keldi, deb yozadi O‘zA.
Uchrashuvda mehmonlar universitet hududi, talabalar va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv-amaliy laboratoriyalari hamda universitet qoshidagi “Qishloq xo‘jaligida innovatsion ishlanmalar va maslahat markazi” bilan tanishtirildi.
Belarus delegatsiyasi bilan muzokaralar so‘ngida baliqchilik va qishloq xo‘jaligida biotexnologiyalarni joriy etish yo‘nalishlarida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, universitetlar o‘rtasida iqtidorli talabalar, xodimlar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, onlayn ta’limni shakllantirish, talabalar uchun “Yozgi malaka maktablari” ini tashkil etish kabi masalalar yuzasidan kelishuv shartnomalari imzolandi.
Izoh (0)