PSJ hujumchisi Neymar jarohati sababli ikki kun davomida yig‘laganini tan oldi. Braziliyalik futbolchi Fransiya Kubogidagi “Strasburg” klubi bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda jarohat olgandi.
U Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida “Manchester Yunayted”ga qarshi kechgan dastlabki uchrashuvini o‘tkazib yubordi.
“Birinchi marta jarohat olganimda imkon qadar tezroq tuzalishim kerak, deb o‘zimga o‘zim so‘z bergandim. Juda xafa bo‘ldim. Bu safargi olgan jarohatimni hazm qilish men uchun qiyin bo‘ldi. Ikki kun tinmay yig‘ladim”, — deya Neymarning so‘zlarini keltirib o‘tadi GlobeEsporte.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)