Suriyadan amerikalik harbiy qo‘shinlarning chiqib ketishi Iroq orqali amalga oshiriladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Bag‘dod va Vashington ushbu kelishuvga erishgan.
“Hamma ish birinchi aprelgacha bajarilishi kerak. AQSh shunday va’da berdi. Ularning Sharqiy Frot va Banguzdagi operatsiyasi tugashi bilan harbiy qo‘shinlarni olib chiqib ketadi”, — dedi Iroq bosh vaziri maslahatchisi Abdulkarim Hoshim Mustafo.
Izoh (0)