Aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida “Vaqf” xayriya jamoat fondi Surxondaryo viloyatida “Obi-hayot” nomli aksiya tashkil etdi. Bu haqda “Vaqf” xayriya jamoat fondi matbuot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi O‘zA.
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani “Bog‘i Obod”, “Sebzor” va “Ehtirom” mahallalari aholisiga “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
8 ming nafardan oshiq aholi yashovchi ushbu qishloqlarga “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan toza ichimlik suvi tarmog‘ini o‘tkazish ishlari yakuniga yetkazildi. Ushbu xayrli ishlarda mahallada yashovchi aholi ham faol ishtirok etdi.
Fond homiyligida ming metrlik quvurlar yetkazib berilib, qazish va montaj ishlari faol tarzda tamomlandi.
Izoh (0)