Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Ma’lumki, hozirda Rossiya Federatsiyasida 25 ming nafarga yaqin o‘zbekistonlik o‘g‘il-qiz ta’lim olmoqda va har yili ular soni o‘rtacha 7500 nafarga oshib bormoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot xizmatiga tayanib, O‘zA ma’lum qildi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Bundan ikki oy muqaddam Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Rossiya FederatsiyasiBosh ekspertiza markazi o‘rtasida muzokaralar olib borilib, o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangan edi. Bunda O‘zbekiston va Rossiya davlatlari o‘rtasida nostrifikatsiya jarayonlarida mavjud elektron ma’lumotlar bazalardan foydalanishga kelishib olindi. Bu esa, o‘z navbatida, mutaxassislar malakasini oshirish, seminarlar o‘tkazish va Rossiya Federatsiyasida tahsil olishni xohlagan yoshlarga keng imkoniyatlar yaratadi.
Ushbu jarayonni yanada mustahkamlash maqsadida joriy yilning 19-fevral kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.Toshkenboyev va Fan va ta’lim sohasini nazorat qilish federal xizmati huzuridagi Bosh ekspertiza markazining bosh tahlilchisi Vera Skorobagatova boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Rossiyada tahsil olishni xohlayotgan yoshlarga imkoniyatlar yaratish hamda ushbu imkoniyatlarni ularga tushintirish, qiziqtirgan savollariga javob berish maqsadida mamlakatimiz yoshlari bilan joriy yilning 20-fevral kuni “Poytaxt” biznes markazida uchrashuv tashkil etishga kelishib olindi.
Shu o‘rinda, Rossiyada tahsil olishni xohlagan barcha yoshlarni 20-fevral kuni soat 10.00 da“Poytaxt biznes markazi”ga taklif qilinadi. Rossiya Federatsiyasi Fan va ta’lim sohasini nazorat qilish federal xizmati huzuridagi Bosh ekspertiza markazining bosh tahlilchisi Vera Skorobagatova va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Horijiy hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash bo‘limi mutaxassislari yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob beradi.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Rossiya Federatsiyasi Fan va ta’lim sohasini nazorat qilish federal xizmati mutaxassislari bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasi hukumati hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida “Ta’lim hujjatlarini, malakaviy va ilmiy darajalarni o‘zaro tan olish bo‘yicha hukumatlararo Bitim” loyihasi ishlab chiqilib, ikki davlat Hukumatlariga taqdim qilingan. Ushbu bitimning imzolanishi ikki davlat o‘rtasida ta’lim hujjatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinishi, yoshlarni bilim olishlaridagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish (Rossiyada hujjatlarni nostrifikatsiya qilish 45 kungacha vaqtni oladi) va ularning har yili taxminan 800 000 AQSh dollari miqdordagi mablag‘larini tejashni ta’minlaydi.
Ushbu muzokaralarning olib borilishi ikki davlat yoshlarining mobilligini rivojlantirishda, ularga ta’lim olishlari uchun munosib sharoit yaratish, ta’lim hujjatlarini o‘zaro tan olish tizimini yanada soddalashtirishda katta ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ta’lim muassasalarini akkreditatsiyasi bo‘yicha tajriba almashilib, akkreditatsiya jarayoniga ekspertlarni tanlab olish va jalb etishda Rossiya tajribasidan foydalanish, ikki mamlakat o‘rtasida ekspertlarni o‘zaro almashish orqali akkreditatsiya jarayonlarini birgalikda o‘tkazish hamda qo‘shma akkreditatsiyalangan oliy ta’lim muassasalari filiallari va qo‘shma dasturlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olish amaliyotini yo‘lga qo‘yishda muhimdir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qozog‘iston Ukraina viloyatlarining Rossiyaga qo‘shilishi bo‘yicha referendumlarni tan olmasligini ma’lum qildi
Mahalliy
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi aholi murojaatlarini Telegram-bot orqali qabul qilishni boshlaganini ma’lum qildi
Dunyo
“Farzandlaringizni o‘limga yubormaslik uchun kurashing”. Zelenskiy — Dog‘istondagi safarbarlikka qarshi namoyishlar haqida