Tesla kompaniyasi elektromobillarida salonda itlar uchun qulay sharoitlar yaratishga mo‘ljallangan maxsus Dog Mode rejimi paydo bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Nashrga ko‘ra, ba’zan elektromobil ishlayotganini aniqlash ancha mushkul. Bu esa avtomobilda itlar bo‘lganida va konditsioner ishlayotganini ilg‘ash qiyinchilik tug‘dirganida xavotir uyg‘otishi mumkin. Yangi funksiya bu muammoni bartaraf etadi.

Mazkur funksiya avto egalari iltimosiga ko‘ra ishlab chiqilgani bildirilmoqda.

U tufayli salonda qulay harorat saqlanib turadi. O‘tkinchilar ham mashinada konditsioner ishlab turgani va salon ichidagi itdan xavotir olishga hojat yo‘qligidan xabardor bo‘ladi.

Bunday funksiya uzoq vaqtga yetadi. Agar elektromobil batareyasi quvvatlanish darajasi 20 foizdan pasaysa, bu haqda smartfonga tegishli ogohlantirish yuboriladi.