18-fevral, dushanba kuni Sankt-Peterburgda “mina o‘rnatilgani” haqidagi xabar tufayli 36 ta maktabdan o‘qituvchilar va o‘quvchilar evakuatsiya qilindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“Soat 17:30 ga qadar shaharning turli tumanlarida 36 ta maktab va bitta bolalar bog‘chasida evakuatsiya amalga oshirildi”, — deyiladi xabarda.
Maktab binolarini maxsus xizmat vakillari tekshirganidan so‘ng, ularning ba’zilarida o‘quv jarayoni qayta boshlandi.
Izoh (0)