Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Bugun, 15-fevral kuni butun dunyoda “Xalqaro bolalar onkologiyasi kuni” deb belgilangan.

Afsuski, hozirgi kunda dunyo bo‘ylab juda ko‘p murg‘ak bolalar onkologik kasalliklardan aziyat chekadi. O‘zbekistonda ham bunday bolalar soni kam emas. Quyida sizga hikoya qiladiganimiz ham ana shunday og‘ir kasallikka chalingan qizcha haqida.

Masturaxon Yo‘ldoshxo‘jayeva 2012-yilda Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Qizchaga chap tuxumdon embrional saratoni tashxisi qo‘yilgan.

“2018-yil 13-oktabr kuni edi. Men ishda yurgan edim. Bir kun uydan telefon bo‘ldi. Qizimning mazasi yo‘qligini aytishdi. Shoshib uyga keldim, Masturaning issig‘i baland edi. Uni olib darhol 16-sonli shifoxonaga olib bordik.

U yerda tekshirib, issig‘ini tushirib, uyga jo‘natishdi. Ertasi kuni qizimdan so‘rasam qorin qismidagi og‘riq qolmayapti dedi. Yaxshilab qarasam, qizimning ichki kiyimlari qonga belangan. UTT tekshiruvlarga olib bordik.

Hamma har xil gapirardi. Oxiri aniq saraton deyishdi. Bu tashxisdan qotib qolgandim.

Bu gapni aytgan shifokorga ‘Nima deyapsiz? Qanaqa saraton?’ derdim tinmay”, — deydi Masturaning onasi Go‘zal Xolxo‘jayeva.

Shundan so‘ng Masturani shahar onkologiya dispanseriga olib borishdi. MRT tekshiruvlaridan o‘tkazishdi. Qizaloq shoshilinch operatsiya qilindi, qizchaning tuxumdonidagi o‘simta olib tashlandi.

“Shifokorlar qizimning 6 ta kimyoviy terapiya olishi kerakligini aytishgan. Hozirda 3 tasini oldik, yana uchta muolaja bor oldinda. Dori-darmonlarga 30 million so‘m mablag‘ ketarkan. Saxovatpesha insonlardan yordam so‘ramoqchiman”, — deydi ko‘zlarida yosh bilan Masturaning onasi.

Aziz yurtdoshlar, og‘ir kasallik yana bir bolaning umrini xazon qilmasin! Masturaning hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shaylik!

Xayriya qilish uchun qo‘shimcha ma’lumotlar: 

Onasining nomiga ochilgan plastik karta raqami: 

8600 0417 3741 6645

Xorijdan jo‘natmalar uchun Agrobank Visa kartasi raqami: 

4187 8200 0014 3394

Onasi Go‘zal Xolxo‘jayevaning telefon raqami: (94) 625-97-71

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda tezlik pasaytirilishi kutilmoqda
Mahalliy
“O‘zbekona urf-odatlarga to‘g‘ri kelmaydigan raqs”. Navoiyda raqsga tushgan qizlarning ota-onalariga chora ko‘rildi (video)
Dunyo
Alla Pugachyova farzandlari bilan birgalikda Rossiyani tark etdi