Biologlar o‘tgan yuz yil ichida birinchi marta Keniyada sayr qilib yurgan qora leopardni rasmga oldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Fotografning so‘zlariga ko‘ra, u bolaligidan qora leopardni rasmga olishni orzu qilgan. Bu hayvonni Laykipia hududida (Keniya) odamlar ko‘rganini eshitgach, Burrard darrov ekspeditsiyaga otlangan.
Mahalliy hayvonot bog‘i biologlari bilan hamkorlik qilgan Burrard leopard uchrashi mumkin bo‘lgan joylarga kamera o‘rnatgan.
Qora leopard so‘nggi bor 1909-yilda Efiopiyada suratga olingan edi. Hozir u rasm Vashingtondagi Tabiiy tarix muzeyida saqlanmoqda.
Izoh (0)