Loyiha boshqaruvi milliy agentligi hamda Artógraph dizayn studiyasi tomonidan Jizzaxning Aydentika konsepsiyasi ishlab chiqildi. Bu haqda “Daryo”ga Loyiha boshqaruvi milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumki, 2019-yil 1-martdan Jizzaxda viloyat faoliyatining barcha jabhalarini yaxshilash bo‘yicha yirik investitsiyalarni jalb qilishga yo‘naltirilgan ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan “Ilg‘or hudud” innovatsion rivojlanish dasturini amalga oshirish ishlari boshlanmoqda. Bu ishlarni amalga oshirish uchun Loyiha boshqaruvi milliy agentligi mas’ul organ hisoblanadi.
“Artógraph studiyasiningeng asosiy ustuvor maqsadlaridan biri hududning chuqur semantik ma’noni o‘zida aks ettiradigan va shu bilan birga uting moslashuvchanligini saqlab qoladigan belgisini yaratish iborat edi. Jizzax viloyatining yangi logotipi o‘zida uch asosiy elementni, bular: joyning universal qabul qilingan belgisiga aylangan, Jizzax hudud va shahar nomi boshlanuvchi J harfi bilan ifodalanuvchi ichida doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi Jizzax viloyatining ichiga nazar solish imkonini beruvchi eshik joylashgan pin elementi”, — deydi Artógraph studiyasi direktori Iskander Xayitbayev.
Belgining asosiy foydalaniluvchi maydoni J harfi bo‘lib, u muayyan shakl yoki qandaydir imijni o‘z ichiga olgan rangli shaffof bo‘lishi mumkin. Qolgan maydon turli hajmdagi ikkilamchi matnlarni joylashtirish uchun ishlatilishi mumkin.
Konsept hali bir necha oy davomida rivojlantirib boriladi. Quyida uning asosiy g‘oyasi taqdim etildi.
Izoh (0)