Serbiyada prezident Aleksandr Vuchich boshqaruvidan noroziligini bildirish uchun o‘n minglab fuqaro Belgrad va boshqa shaharlar ko‘chalariga chiqdi. Bu haqda Balkan Insight xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Namoyishga chiqqanlar Vuchichni iste’foga chiqishga chaqirdi, shuningdek siyosiy bosim, zo‘ravonlik va OAVlari erkinligiga tahdidlar haqida ma’lum qildi.
Belgradda namoyishga chiqqanlar muhim muassasalar, jumladan, prezident va parlament binolari va RTS Serbiya jamoat telekompaniyasi oldidan marsh bilan o‘tdi.
Belgradda namoyishlar oxirgi bir necha kun davomida boshqa ko‘plab shaharlardagi marshlar bilan birga kechdi. Ularda odamlar mahalliy muammolarni yoritib, hukmron Progressiv partiya siyosatini qoraladi.
Izoh (0)