Agar AQSh qo‘shinlari Afg‘onistondan chiqib ketsa, Chexiya armiyasi ham u yerdan o‘z harbiy kuchlarini olib chiqishga tayyor ekanini bildirdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar berdi.
“Chexiya Amerika askarlari sonining qisqarishi yoki amerika qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqilishiga qarab ish tutadi,” — deydi Chexiya Mudofaa vaziri Lyubomir Metnar.
Chexiya askarlari NATOning “Hal qiluvchi yordam” missiyasi doirasida yuklatilgan vazifalarni bajarmoqda. Mudofaa vazirligining matbuot kotibi Yan Peyshekning so‘zlariga ko‘ra, kelgusi hafta Brusselda bo‘lib o‘tadigan Ittifoqqa a‘zo mamlakatlar mudofaa vazirlari yig‘ilishida Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilinadi.
Izoh (0)