Yel universitetining antropologlari qadimgi odamlarning miyasi yog‘ning hisobiga katta bo‘lganini aniqladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar qildi.
Olimlarning fikricha, qadimda odamlar go‘sht yeyishni boshlashdan oldin hayvon suyagidagi ilikni yegan. Uning tarkibidagi yog‘ miya o‘sishi va rivojlanishiga imkon bergan.
Yog‘ kaloriyaga boy hisoblanadi va o‘simlik parheziga muhim qo‘shimcha bo‘lishi mumkin, deb yozadi tadqiqotchilar. Bundan tashqari, go‘sht yeyish uchun odamlar mehnat qurollarini yasashi kerak bo‘lgan. Ilikni yeyish uchun esa suyakni tosh bilan sindirishning o‘zi yetarli bo‘lgan.
Olimlar, shuningdek, ilikni olishga urinish ovchilikni rivojlantirgan, deya taxmin qilmoqda. Xom go‘shtda bakteriyalar tez ko‘payadi, ilik esa ulardan himoyalangan.
Bu gipotezalar nega olov yaratilishi va ovchilik boshlanishidan ming yil avval yashagan odamlarning bosh chanog‘i katta bo‘lganini ko‘rsatadi.
Izoh (0)