7-fevral, payshanba kuni Italiya A Seriyasining 23-tur bahslariga start berildi.
8-fevral, juma kuni musobaqa jadvalida 4-o‘rinda borayotgan Rimning “Roma” klubi safarda “Kyevo” mehmoni bo‘ldi.
1-bo‘limning 9-daqiqasida Stefan Al-Shaaraviy Stiven NZonzi uztmasini golga aylantirdi. Oradan 9 daqiqa o‘tib, Edin Jeko hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. O‘yindagi so‘nggi gol 51-daqiqada kiritildi. Unga Aleksandr Kolarov mualliflik qildi (3:0).
Shu tariqa Eusebio Di Franchesko shogirdlari raqib darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, g‘alabaga erishdi.
9-fevral, shanba kuni Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi “Napoli” klubi “Fiorentina” maydoniga safar qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.
Shu kuni musobaqa jadvalida 40 ochko to‘plagan holda 3-o‘rinda borayotgan Milanning “Inter” klubi “Parma” bilan bellashadi. Uchrashuv tungi vaqt bilan 00:30 da start oladi.
10-fevral, yakshanba kuni musobaqa jadvalida yakka peshqadamlik qilayotgan Turinning “Yuventus” klubi “Sassuolo”ni sinovdan o‘tkazadi. Bahsga 22:00 da start beriladi.
Turning so‘nggi o‘yini “San-Siro” stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda Jennaro Gattuzo boshqaruvidagi “Milan” klubi “Kalyari” bilan jang qiladi. To‘qnashuv tungi soat 00:30 da boshlanishi belgilangan.
A Seriya
23-tur bahslari
7-fevral, payshanba
“Latsio”—“Empoli” 1:0
Gol: 1:0 — 42, penalti, Kaysedo.8-fevral, juma
“Kyevo”—“Roma” 0:3
Gollar: 0:1 — 9 Al-Shaaraviy, 0:2 — 18 Jeko, 0:3 — 51 Kolarov.9-fevral, shanba
“Fiorentina”—“Napoli” 22:00
“Parma”—“Inter” 00:30
10-fevral, yakshanba“Bolonya”—“Jenoa” 16:30
“Torino”—“Udineze” 19:00
“Atalanta”—SPAL 19:00
“Sampdoriya”—“Frosinone” 19:00
“Sassuolo”—“Yuventus” 22:00
“Milan”—“Kalyari” 00:30
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)