Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kreml G‘arb ommaviy axborot vositalarining Rossiya Venesuela bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishi haqida taxminlarni rad etdi, deya xabar beradi “Vesti.ru”.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Yo‘q, Kremlning pozitsiyasi o‘zgargani yo‘q”, — deydi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Avvalroq, Bloomberg agentligi, Kremldagi yaqin manbalarga tayangan holda, Rossiya rahbariyati go‘yoki Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning hokimiyatni ushlab qolish qobiliyatiga shubha qilishni boshlaganini xabar qilgan.

Yanvar oyi oxirida muxolifat yetakchisi Xuan Guaydo o‘zini Venesuelaning prezidenti vazifasini bajaruvchi deb e’lon qilgan. Qo‘shma Shtatlar uni davlat rahbari lavozimida tan olgan.

Mamlakatning qonuniy rahbari Nikolas Maduro buni davlatni to‘ntarilishga urinish deb atagan va buning uchun Vashingtonni ayblagan.

Rossiya, Xitoy va boshqa mamlakatlar bilan bir qatorda, Venesuelaning qonuniy prezidentini qo‘llab-quvvatlaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi