Moskvada 5-fevral, seshanba kuni taxminan 700 ta bino tekshirildi va 165 ming odam portlovchi moslamalar haqidagi xabar tufayli evakuatsiya qilindi. Bu haqda Meduza xabar qildi.
Yolg‘on xabarlar turli xil elektron pochtalardan, shuningdek, IP-telefoniya qo‘ng‘iroqlari orqali tarqalgan.
Moskva va Podmoskovyedagi obyektlarga “mina o‘rnatilganligi” haqidagi anonim xabarlar 5-fevral kuni ertalab kela boshlagan. Evakuatsiya o‘nlab maktab va universitetlarda, savdo va biznes markazlarida, kengashlar va shifoxonalarda o‘tkazilgan. Xususan, Moskva viloyati Hukumat uyi va Andrey Rublyov nomidagi qadimiy rus madaniyati va san’ati muzeyi bo‘shatilgan.
Bomba haqidagi xabar tufayli evakuatsiya Rossiyaning boshqa hududlarida — Uzoq Sharqdan Kaliningradgacha bo‘lgan joylarda o‘tkazilgan.
Avvalgi “mina o‘rnatish” operatsiyasi 2017-yil kuzda Rossiyada amalga oshirilgan edi. O‘shanda Moskvaning o‘zida evakuatsiya natijasida 150 million rubl zarar yetgan edi. Hamma ma’lumotlar yolg‘on bo‘lib chiqqan edi.
Izoh (0)