Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

6-fevral kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 27-turi doirasida bitta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Unda Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” klubi safarda “Everton” bilan bahsga kirishdi.

1-bo‘limning so‘nggi daqiqalarida (45+2) David Silvaning jarima zarbasidan uzatgan to‘pni “shaharliklar” himoyachisi Aymerik Lyaport boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi va hisobni ochdi (1:0).

2-bo‘limning so‘nggi daqiqalarida Gabriel Jezus hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Qayd etish joiz, Jezus o‘tgan turda uchta gol urgan Aguero o‘rniga maydonga tushirlgandi.

Shu tariqa Pep Gvardiola shogirdlari o‘z ochkolari sonini 62 taga yetkazib, musobaqa jadvalida peshqadamga aylanib oldi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Ma’lumot uchun, uchrashuv aslida 23-fevral kuni o‘tkazilishi lozim edi, biroq “Man Siti” 24-fevral kuni Angliya Liga Kubogi musobaqasi finalida “Chelsi” bilan kurash olib boradi.

Shu boisdan mazkur o‘yin 6-fevralga surilgan. 23-fevral kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan “Chelsi”—“Brayton” bellashuvi sanasi esa hozircha noma’lum.

APL

27-tur bahsi

6-fevral, chorshanba

“Everton”—“Manchester Siti” 0:2

Gollar: 0:1 — 45 Lyaporte, 0:2 — 90 Jezus

“Everton”: Pikford, Zuma, Din, Kenni, Kin, Andre Gomesh (Sigurdsson, 64), Guye, Bernard (Lisharlison, 73), Devis, Uolkott (Tosun, 80), Kelvert-Lyuin.

“Manchester Siti”: Ederson, Otamendi, Lyaporte, Stounz, Uoker, Silva (De Bryuyne, 89), Fernandinyo, Bernardu Silva, Gundo‘g‘an, Sane (Sterling, 59), Aguero (Jezus, 80).

Ogohlantirishlar: Fernandinyo (73), Zuma (82)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikalik milliarderning terrorchiga aylangan nabirasi, Atlantikada to‘qnashib ketgan ikki suv osti kemasi va AQSHning birinchi prezidentiga aylangan Vashington.
Dunyo
Fransiyada poyezdda ketayotgan yigit o‘zini portlatib yuborish bilan tahdid qildi
Sport
“Barselona” MLS vakilini ro‘yxatdan o‘tkazishda 18 soniya kech qolgan