O‘tgan 2 oy davomida Toshkent viloyatidagi Zangiota, Toshkent, Qibray va Yangiyo‘l tumanlarida joylashgan 102 ta issiqxonaning tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga qay darajada rioya etilayotgani o‘rganib chiqildi. Bu haqda majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.
Tezkor tadbir davomida 83 ta issiqxonada tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ulanish holatlari aniqlanib, ularga tegishli tartibda qoidabuzarlik dalolatnomalari rasmiylashtirildi. Surishtiruv harakatlari jarayonida 50 ta holatda 956,1 million so‘mlik zarar yetkazilgani ayon bo‘ldi.
Hozirda 33 ta holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Izoh (0)