Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “O‘zbekiston-2035” ikkinchi xalqaro forumi o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Forumning “Ekologiya, ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar” masalalariga bag‘ishlangan sho‘ba yig‘ilishida O‘zbekistonning uzoq muddatli Rivojlanish strategiyasi konsepsiyasi loyihasining atrof-muhitga bag‘ishlagan tavsiya va takliflari muhokama qilinmoqda.
Qayd etilganidek, mamlakatda yaqin yillarda aholi, iqtisodiyotning o‘sishi va iqlim o‘zgarishi asosiy tabiiy resurslarga bo‘lgan bosimni oshiradi. Jumladan, suv, oziq-ovqat, ekin maydonlari va energiyaga bo‘lgan talab oshib boradi.
Shunday ekan, kutilayotgan vaziyatda O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qanday moslashishi kerak?
Bu savolga “Buyuk Kelajak” ekspertlar kengashi a’zosi, Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya) laboratoriyasi menejeri Temur Yunusovning javob berishicha, issiqxona gazlarining ortishi, o‘rtacha yillik harorat ko‘tarilishi, shuningdek unumdor tuproqlarda cho‘llanish jarayonlari va boshqa iqlim o‘zgarishlari O‘zbekiston oldiga avvalo qishloq xo‘jaligi sohasini tubdan o‘zgartirish talabini qo‘yadi.
— Dehqon bo‘lish uchun oliy ma’lumot shart emas degan tushunchalar eskirdi, – dedi T.Yunusov. – Boisi jahonning ko‘plab rivojlangan davlatlari qishloq xo‘jaligi sohasida yuqori texnologiyalardan foydalanmoqda. Ularni boshqarish uchun kamida injenerlik malakasini talab qilinadi. Ikkinchidan esa, mamlakatimizda urug‘chilik sohasiga jiddiy e’tibor qaratish lozim.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank